Arteta yana Edegorning yo‘qligi haqida gapirdi
«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta «Nyukasl»ga (0:1) qarshi o‘yindan so‘ng Martin Edegorning yo‘qligi haqidagi savolga javob berdi.
«Ha, hozir u bizga yordam bera olmaydi, biz bu haqda cheksiz gapirishimiz mumkin, ammo Martin bir necha haftadan beri bizga yetishmayotganini tushunishimiz kerak, biz usiz o‘ynay olishimiz kerak. Biz bor e’tiborimizni o‘z o‘yinimizga qaratishimiz va oldinga borishimiz kerak, «Nyukasl»ni g‘alaba bilan tabriklayman», — deya Arteta so‘zlarini keltiradi "Football London".
Eslatib o‘tamiz, Edegor Norvegiya terma jamoasi safida sentyabrdagi o‘yinda jarohat olgan edi. Joriy mavsumda yarim himoyachi "kanonirlar" safida bor yo‘g‘i uchta o‘yinda maydonga tushdi.