Arteta: «Bu haqida gapirishga hali erta»
«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta «Nyukasl»dan uchralgan mag‘lubiyat (0:1) haqida fikr bildirdi.
«Biz juda yaxshi boshladik, biroq birgina imkoniyat hammasini o‘zgartirdi, o‘yin bizning nazoratimizdan chiqib ketdi. Menimcha, biz yetarlicha xavfli emas edik, shuning uchun biz g‘alabaga umid qila olmadik.
Chempionlik poygasi? Men sizni tushunaman, lekin hozir bu haqda gapirishdan ma’no yo‘q, hammasi oldinda», - deya Artetadan iqtibos keltiradi "Football London".