Van Deyk kelajagi haqida gapirdi
"Liverpul" himoyachisi va sardori Virjil van Deyk kelajagi haqida fikr bildirdi. Niderlandiyalik futbolchining mersisaydliklar klubi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan.
"Muhokamalar davom etmoqda, hozircha bilmayman. Keling, kelajakda nima bo‘lishini o‘z vaqtida ko‘ramiz. Hozir bor e’tiborimni “Liverpul”ga qaratganman, o‘yinlarda g‘alaba qozonishni istayman. Aytishim mumkinki, munozaralar allaqachon boshlangan", - deydi Van Deyk.
Virjil van Deyk 2018 yilning yanvaridan beri "Liverpul"da o‘ynamoqda.