"Liverpul" futbolchisi kelajagi haqida hali bir qarorga kelmadi
"Liverpul" markaziy himoyachisi Virjil van Deyk jamoada qolishi mumkin.
Jurnalist Florian Plettenbergning ta’kidlashicha, "Liverpul" van Deykning faoliyatini davom ettirishi uchun asosiy variant bo‘lib qolmoqda.
33 yoshli niderlandiyalik futbolchiga Yevropaning bir qancha top-klublari qiziqish bildirayotgani aytilmoqda, biroq futbolchining mersisaydliklar bilan shartnomasini uzaytirish ehtimoli hali ham mavjud.
Manbaning qayd etishicha, hali yakuniy qaror qabul qilinmagan. Van Deykning "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.