Van Deyk raqibiga istehzo qildi
Virjil van Deyk Premyer-liga o‘yinida Pau Torresning xatti-harakatlarini masxara qildi.
Kecha "Liverpul" Angliya chempionatining 11-turida "Aston Villa"ni mag‘lub etdi (2:0).
85-daqiqada ispaniyalik futbolchi to‘pni qaytarib olishga urinib ko‘rayotganida Rayan Gravenberx bilan to‘qnashib ketdi va unga urilib, yiqilib tushdi.
“Aston Villa” himoyachisi bir muddat tizzasini, so‘ngra yuzini changallagan holda chim ustida aylanib yotishni davom ettirdi va oxir-oqibat tibbiy yordam ko‘rsatilgach, o‘rnidan turdi.
Hakam o‘yinni to‘xtatganda, "Liverpul" sardori Torresga murojaat qilib, uning jismoniy qobiliyatiga ishora qildi: "Siz 193 santimetrli bo‘yga egasiz, do‘stim. Bu yarashmaydi", – dedi Van Deyk.