Van Deyk: "Liverpul" sardori bo‘lish o‘ziga xos narsa"
"Liverpul"ning niderlandiyalik himoyachisi Virjil van Deyk jamoa sardori sifatidagi maqomi haqida qanday fikrda ekanligini aytib berdi.
"Bu shunchaki o‘ziga xos tuyg‘u. Yigitlarni tribunadan maydonga olib chiqish... Men o‘zimni doim sardordek his qilardim, hatto Jordan Xenderson va Jeyms Milner klubda bo‘lganlarida ham. Lekin men amalda kapitan etib tayinlanganimda, bu alohida edi. Bir kun kelib “Liverpul” va Niderlandiya terma jamoasi sardori bo‘laman deb hech o‘ylamagandim", - deydi van Deyk.
"Liverpul" Angliya Premyer-ligasining dastlabki yetti uchrashuvida 17 ochko jamg‘argan va turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi.