Van Deyk qizil kartochkasiga munosabat bildirdi
Niderlandiya terma jamoasi sardori Virjil van Deyk Vengriyaga (1:1) qarshi Millatlar ligasi o‘yinida maydondan chetlatilgani haqida fikr bildirdi.
“Qizil kartochka har doim yoqimsiz, ayniqsa bu kabi. Nega hakam menga birinchi sariq kartochkani ko‘rsatganini tushunmayapman. Sardorlarga hakamlar bilan gaplashishga ruxsat beriladi. Men unga hurmat bilan murojaat qildim, lekin u baribir kartochka ko‘rsatdi.
Germaniya bilan o‘yinda terma jamoada qolaman. Men jamoa bilan birga bo‘lishni xohlayman», - dedi van Deyk.