Saloh "Liverpul"dan ketishga yana bir sabab bor
Bir kun oldin hujumchi Muhammad Saloh shartnomani uzaytirgandan ko‘ra, "Liverpul"ni tark etishini ma’lum qilgandi. Futbolchining so‘zlariga ko‘ra, u haligacha yangi mehnat shartnomasi bo‘yicha taklif olmagan.
TBR Football xabariga ko‘ra, tomonlarning shartlar bo‘yicha pozisiyalari bir-biridan uzoq bo‘lgani uchun Saloh haligacha "Liverpul"dan rasmiy taklif olmagan. Misrlik futbolchi yangi shartnoma 3 mavsumga amal qilishini istamoqda.
"Qizillar" rahbarlari Salohning yoshini inobatga olgan holda potensial kelishuv muddatidan xavotirda, futbolchi yozda 33 yoshga to‘ladi. Tomonlar hozirda tafsilotlarni muhokama qilishmoqda. Agar yechim topilmasa, Saloh mavsum oxirida “Liverpul”ni erkin agent sifatida tark etadi.