"Liverpul" va "Manchester Yunayted" braziliyalik yarim himoyachi bilan bog‘lanishdi
Angliya grandlari “Atalanta” yarim himoyachisi Edersonga qiziqishda.
"Liverpul" va "Manchester Yunayted" braziliyalik futbolchini yanvarda sotib olmoqchi: ikkala klub ham futbolchining agentiga qishki shartnomani muhokama qilish uchun murojaat qilishdi, deya xabar beradi jurnalist Rudi Galetti.
Yarim himoyachiga asosiy nomzodlardan biri sanalgan “Manchester Siti” ham futbolchidan voz kechmagan. "Atalanta"ning pozisiyasi o‘zgarishsiz qolmoqda: klub asosiy futbolchisini qishda sotishni rejalashtirmayapti.
Edersonning ehtimoliy transfer narxi 50 million yevroga baholanmoqda. 25 yoshli futbolchining "Atalanta" bilan shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.