Reynders: "Skudetto uchun hali kech emas"
"Milan" xavbeki Tijjani Reynders "Milan"dagi mavsumni sarhisob qildi.
“Biz A Seriyadagi natijalarni yaxshilashimiz kerak. “Yuventus”ga qarshi o‘yin oldidan xotirjamman.
Aksincha, Chempionlar ligasida taqdirimiz o‘z qo‘limizda. Maqsadimiz kuchli sakkizlikka kirish. Bunga erishishning yagona yo‘li o‘yinlarda g‘alaba qozonishdir.
Menimcha, Skudetto uchun hali kech emas. Biz jamoa sifatida rivojlanmoqdamiz va ishlar yaxshilanadi.
Niderlandiya Millatlar ligasining yuqori bosqichiga yo‘l olganidan xursandman. Bu yoqimli tuyg‘u.
Endi biz Bosniya bilan to‘qnash kelamiz, keyin esa bor e’tiborni yana “rossonerilar”ga qarataman", – dedi Reynders.