Merson: "O‘yinlar ko‘p, shuning uchun natijalar muhim emas"
Pol Mersonning fikricha, Chempionlar ligasining yangi formati ko‘plab klublarga mos keladi.
“Aston Villa – “Bavariya” o‘yini 1:0 natijasini oling – shuning uchun bu turnir hozirda juda yaxshi ko‘rinmoqda, chunki o‘yinlar ko‘p, shuning gollar farqi uchun bu muhim emas.
Agar "Bavariya" bu natijani eski guruh bosqichida qo‘lga kiritganida: "Biz guruhda ikkinchi o‘rinni egallashimiz mumkin", deb o‘ylagan bo‘lardi. Guruhda ikkinchi o‘rinni olsang, top klublardan biri bilan o‘ynaysan. Shunday qilib, bu sizga moslashuvchanlikni beradi.
Bu format "Aston Villa" kabi jamoalarga ham mos keladi. Ular, ehtimol, saralash imkoniyatiga ega bo‘lish uchun "Bavariya"ga qarshi o‘yindagi kabi bir nechta natijaga muhtoj bo‘lgan holda, eski guruh bosqichiga 3 yoki 4-o‘rin sifatida kirgan bo‘lardi.
Bu "Seltik" kabi jamoalarga ham mos keladi. Bir haftada ular beshta gol urishadi, ikkinchisida esa yettita gol o‘tkazib yuborishadi, lekin ular hali ham turnirda. Bu jamoalar uchun ishlaydi.
Ushbu bosqich yakunida kuchli sakkizlikka kirish uchun g‘alaba qozonish kerak bo‘lgan jamoalar bo‘ladi, ba’zilari esa kuchli 20talikka kirish uchun g‘alaba qozonishi kerak. Demak, oldinda juda ko‘p o‘yinlar bor va menga hozirgi holat yoqadi”, - dedi “Arsenal”ning sobiq futbolchisi.