"Barselona"da Saloh borasida bahslar bor
“Barselona” haligacha “Liverpul” hujumchisi Muhammad Salohni sotib olish imkoniyatini istisno etmayapti. Misrlik futbolchi hozirgi klubini erkin agent sifatida tark etishi mumkin.
Jurnalist Albert Fernandesning so‘zlariga ko‘ra, “Barselona” rahbariyati o‘rtasida hali ham Salohning transferi bo‘yicha munozaralar davom etmoqda: klubda ba’zilar tekinga keladigan top o‘yinchini taklif qilish zarurligini ko‘rmoqda, boshqalari esa jamoaga boshqa o‘yinchi kerak emas, deb hisoblamoqda.
"Liverpul" Muhammad Salohni qolishga ishontirish uchun unga yaxshilangan sharoitlarni taklif qilmoqchi. 32 yoshli forvardga Saudiya Arabistonidan ham davogarlar bor.