"Inter" futbolchisi jarohat oldi
"Inter" yarim himoyachisi Davide Frattezi "RB Leypsig"ga qarshi o‘ynay olmaydi. 25 yoshli futbolchi to‘pig‘idan jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi.
"Inter" futbolchining yakshanba kuni A Seriyaning "Fiorentina"ga qarshi o‘yiniga qadar tiklanishiga umid qilmoqda.
Davide Frattezi "neradzurri"ning "Verona"ga qarshi yaqindagi uchrashuvida ishtirok etdi va 62-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.
U joriy mavsumda Simone Indzagi jamoasida jami 16 o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.