Kurtua faoliyatini yakunlaganidan keyin nima qilmoqchi ekanligini aytdi
Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua kelajakdagi uzoq muddatli rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
32 yoshli belgiyalik futbolchining "Qirollik klubi" bilan shartnomasi 2025/26 yilgi mavsum oxirida yakuniga yetadi. Darvozabon faoliyatidan keyin ham klubda qolishni xohlashini tan oldi.
"O‘n yildan keyin o‘zimni qayerda ko‘raman? Afsuski, shu paytgacha men faoliyatimni yakunlagan bo‘laman. Umid qilamanki, qaysidir ma’noda "Real" bilan bog‘lanib qolaman. Balki men yoshlar akademiyasida joy olaman yoki darvozabonlar tayyorlash bilan bog‘liq biror ish bilan shug‘ullanaman. Meni bu qiziqtiradi", - deydi futbolchi.
Tibo Kurtua 2018 yildan beri "Real"da o‘ynab kelmoqda.