Braziliya terma jamoasi ustozi: "Ertaga penalti bo‘lsa, Rafinya tepadi"
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Dorival Junior terma jamoada penaltilarni kim tepishi haqida gapirdi.
"Rafinya va Vinisius penaltilar uchun tayyor edilar. Oxirgi o‘yinda Vinicius penaltidan foydalana olmadi. Ertaga agar penalti bo‘lsa, uni Rafinya tepadi. Faqatgina tajriba orqali o‘sib borasiz, hayotingiz va karyerangizda shunday vaziyatlarni boshdan kechirib ulg‘ayishingiz mumkin. Sportchi o‘zi yakka tartibda va jamoaviy yo‘lni topishi kerak, biz, texnik xodimlar esa, ularga yordam berish uchun shu yerdamiz", - dedi Dorival Junior.