Kurtua maydonda mashg‘ulotlarni boshladi
Madridning «Real» klubi darvozaboni Tibo Kurtua jarohatidan deyarli forig‘ bo‘ldi.
32 yoshli futbolchi bugundan maydondagi mashg‘ulotlarni boshlagan. U FIFA kunlaridan so‘ng to‘liq safga qaytadi.
Kurtua kichik jarohat sabab «qirollik klubi»ning so‘nggi ikki o‘yinida ishtirok etmagandi.