Chelestini: "Balotelli qandaydir g‘alati shaxsiyatga ega"
"Syon"ning sobiq ustozi Fabio Chelestini Mario Balotelli bilan ishlash haqida gapirdi.
Italiyalik hujumchi 2022 yildan 2023 yilgacha Shveysariya klubida to‘p tepgan. Hozir u "Jenoa"da o‘ynaydi.
"Mario o‘zgacha futbolchi. Hech kim uni hech qachon mag‘lub eta olmadi. U qandaydir g‘alati shaxsiyatga ega. U men ko‘rgan eng yaxshi o‘yinchilardan biri, lekin u biroz qiyin xarakterli odam ekanligi haqiqat.
Siz o‘ylaganingizdan farqli o‘laroq, u hurmat bilan muloqot qilishga loyiq mehribon va muloyim yigit.
Muammo shundaki, u doim o‘zi xohlaganini qiladi va maslahatga unchalik ahamiyat bermaydi. U xohlagan vaqtda sayr qilishni va mashq qilishni yaxshi ko‘radi.
U eng zo‘rlardan biriga aylanishi mumkin edi, lekin hech kim uning ulkan iste’dodini tashqariga chiqara olmadi", – dedi sobiq murabbiy.