Ta bir qarorga kelib bo‘lgan
Jonatan Ta keyingi yozda Italiya, Angliya, Ispaniya va Germaniyadan takliflar oladi.
La Gazette dello Sport xabariga ko‘ra, Jonatan Taning "Bayer" bilan shartnomasi kelasi yozda tugashi bilan Italiya, Ispaniya, Angliya va Germaniya klublaridan takliflar olishi mumkin.
Nemis futbolchisi o‘tgan yozda "Bavariya"ga o‘tishga yaqin edi, biroq "Bavariya" va "Bayer" o‘rtasidagi to‘lovlar borasida kelishmovchiliklar tufayli transferni yakunlab bo‘lmadi.
Shunga qaramay, markaziy himoyachi hali ham mavsum oxirida "dorichilar" lagerini tekinga tark etishini aniq aytdi.
Xabarga ko‘ra, A Seriya ishtirokchisi "Inter" kelasi yozda himoya chizig‘ini yoshartirishga harakat qiladi va Ta uchun harakat qilib ko‘radi.
Shuningdek, "Chelsi", "Liverpul", "Tottenxem" va "Manchester Yunayted" kabi ko‘plab Premyer-liga klublari ham Taning holatini kuzatishmoqda.
Buning ustiga "Barselona" va "Bavariya" ham himoyachini kuzatib borishmoqda.