Olmo: "Biz hozircha mavsumni yaxshi boshladik"
"Barselona" hujumkor yarim himoyachisi Dani Olmo mavsum boshi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
“Biz hozircha mavsumni yaxshi boshladik va bizda eng yaxshilar bilan raqobatlasha oladigan jamoa bor. Biz "Barselona"miz va biz chempionlikni maqsad qilganmiz va bu yerga kelganimning sababi ham shu! Men “Barsa” bilan g‘alaba qozonish uchun keldim”, - dedi 26 yoshli ispaniyalik xavbek.