"Arsenal" braziliyalik futbolchi bilan dastlabki muzokaralarni boshladi
"Vulverxempton" hujumchisi Mateus Kunya qishki transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
CaughtOffside xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchiga "Arsenal" qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, London klubi rahbariyati allaqachon hujumchining transferi bo‘yicha dastlabki muzokaralarni olib borgan.
Kunya "Vulverxempton" rahbariyati bilan xayrlashish niyatida emas va Matteusga yaxshilangan shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda.
25 yoshli Kunya joriy mavsumda “Vulverxempton” safida barcha turnirlar doirasida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Braziliyalik futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.