"Vulverxempton"ning eng yaxshi to‘purari klub bilan shartnomasini uzaytirish niyatida emas
"Vulverxempton" hujumchisi Mateus Kunya transfer oynasi oldidan top-klublarning qiziqishi ortib borayotgan bir sharoitda yangi shartnoma bo‘yicha takliflarni rad etmoqchi.
Kunya 2023 yilning yanvarida "Atletiko Madrid"dan "bo‘rilar" lageriga ko‘chib o‘tgandi. Uning shartnomasi 2027 yilning iyunida yakuniga etadi.
Joriy mavsumda 25 yoshli forvard APLda 15 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali braziliyalik futbolchini 45 million yevroga baholamoqda.