Bellingem jamoadoshini qo‘llab-quvvatladi
"Real" yarim himoyachisi Jud Bellingem jamoadoshi Federiko Valverdeni qo‘llab-quvvatladi. Urugvaylik futbolchi Bilbaoning “Atletik”i bilan uchrashuvning antiqahramonlaridan biriga aylandi.
80-daqiqada u o‘z darvozasidan uncha uzoq bo‘lmagan hududda to‘pni yo‘qotib qo‘ydi, bundan raqiblar unumli foydalanib, hujumni g‘alabali gol bilan yakunlashdi.
O‘yindan so‘ng Valverde ijtimoiy tarmoqlar orqali jamoadoshlari va muxlislaridan uzr so‘radi. Jud Bellingem bu postga shunday javob berdi:
"Uzr so‘rashning hojati yo‘q, biz doimo yutqazamiz va qachondir birgalikda g‘alaba qozonamiz", - dedi Bellingem.