"MYU" ustozi uchun alamli o‘yin!
Ruben Amorimning chempionatdagi mag‘lubiyatsiz seriyasi «Manchester Yunayted»ning «Arsenal»ga qarshi o‘yinida (0:2) yakuniga yetdi.
Yurriyen Timber va Uilyam Salibaning gollari evaziga “kanonirlar” Londonda “qizil iblislar”dan ustun keldi.
Opta ta’kidlaganidek, bu mag‘lubiyat Amorim uchun chempionatdagi deyarli bir yil ichida, 2023-yil 9-dekabrdan beri birinchi yutqaziq bo‘ldi - o‘shanda uning "Sporting"i "Vitoriya Gimaraynsh"ga yutqazgandi (2:3).
O‘shandan beri portugaliyalik murabbiy liga o‘yinlarida mag‘lub bo‘lmadi - seriya 34 o‘yin davom etdi.
Ruben Amorim noyabr oyida “Manchester Yunayted” boshqaruviga kelgan edi.
Uning qo‘l ostida Premyer-liganing dastlabki ikki uchrashuvida "mankunianliklar" "Ipsvich" bilan durang o‘ynagan (1:1) va "Everton"ni mag‘lub etgan (4:0).