2029 yilgi klublar o‘rtasida jahon chempionati yana AQSHda o‘tkazilishi mumkin
FIFA 2029 yilda shtatlarda ikkinchi yangilangan turnir o‘tkazishni ko‘rib chiqmoqda. Keyingi mamlakat ma’lum bo‘lmasada, FIFA Kengashi AQSH nomzodini ma’qullashi kutilmoqda.
Taxminlarga ko‘ra, Jahon chempionatining ushbu mamlakatda qayta o‘tkazilishi FIFAga homiylarni birlashtirish va Kanada va Meksika bilan birga shtatlarda ham bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi jahon chempionati merosini mustahkamlash imkonini beradi.
Qolaversa, AQSH ko‘plab Yevropaning yetakchi jamoalari uchun ustuvor bozor hisoblanadi. So‘nggi yillarda top-klublar mamlakatda mavsumoldi turlarini ko‘paytirmoqda, o‘rtoqlik o‘yinlari esa o‘n minglab muxlislarni tribunalarga jalb qilmoqda.