Roy Kin "Manchester Yunayted" saviyasiga baho berdi
"Manchester Yunayted"ning sobiq sardori va yarim himoyachisi Roy Kin "qizil iblislar"ning ayni paytdagi saviyasi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Hozirda "Manchester Yunayted" Premyer-liganing o‘rta jamoasidir. Ko‘p jamoalar mankunianliklardan yaxshiroq. “Qizil iblislar” oldida hali uzoq yo‘l bor. Yangi bosh murabbiy oldida jiddiy ish turibdi. Umid qilamanki, ular hammasini hal qiladilar", - dedi irlandiyalik mutaxassis.
Hozirda “qizil iblislar” boshqaruvchisi lavozimini portugaliyalik Ruben Amorim egallab turibdi. APLning 12-turi doirasida mankunianliklar “Ipsvich” bilan mehmonda durang o‘ynashdi – 1:1. Ushbu o‘yindan keyin "Manchester Yunayted" 16 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 12-o‘rinda bormoqda.