Amorim transferlar uchun ko‘p pul olmaydi
Mish-mishlar "Manchester Yunayted"ni top futbolchilar bilan bog‘lashda davom etmoqda. Biroq jamoaning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim transferlar uchun ko‘p pul olmaydi.
The Telegraph xabariga ko‘ra, "qizil iblislar" egalari yangi o‘yinchilar uchun xarajatlarni qisqartirish niyatida, shu sababli kelgusi transfer oynalarida byudjet cheklangan bo‘ladi.
"Manchester Yunayted" menedjerlari xatolarni takrorlashni va ko‘p pul sarflashni xohlamaydilar. Buning o‘rniga ular Amorimdan jamoadagi o‘yinchilarni, xususan, Joshua Zirkzee va Rasmus Xoylundni yaxshilashini kutishadi.
"Manchester Yunayted" hozirda APL turnir jadvalida 13-o‘rinda bormoqda.