"MYU" futbolchisi osonlikcha jamoadan ketmoqchi emas
Joshua Zirkzee "Manchester Yunayted"da o‘zining eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatmayapti va matbuotda forvardning Italiya chempionatiga qaytishi mumkinligi haqida mish-mishlar paydo bo‘ldi.
Germaniyaning Sky Sport nashri jurnalisti Florian Plettenberg xabariga ko‘ra, 23 yoshli Zirkzee hozirda "qizil iblislar"ni tark etish haqida o‘ylamayapti.
Manba bergan xabarga ko‘ra, Zirkzee "Manchester Yunayted"dagi o‘rni uchun kurashishga ahd qilgan va u Rasmus Xyoylunddan birinchi bo‘la olishiga ishonmoqda.