Amorim Antonini haydash niyatida
"Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim qishki transfer oynasida vinger Antonining ketishiga "yashil chiroq" yoqdi.
2022 yil yozida "Manchester Yunayted" Antonini "Ayaks"dan olib kelish uchun 86 million funt sarfladi, ammo braziliyalik vinger hech qachon Premyer-ligada o‘ynay olmadi.
Antoni yanvar oyida "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi va Daily Starning ta’kidlashicha, Antoni Amorim qo‘l ostida ikkinchi imkoniyatga ega bo‘lmaydi.
Shu bilan birga, "Manchester Yunayted" Antonini zudlik bilan sotishga tayyor, ammo yanvar oyida xaridor topilmasa, "qizil iblislar" 24 yoshli braziliyalikni mavsumning ikkinchi yarmiga ijaraga yuborishadi.
Amorim allaqachon Antoni o‘rniga o‘zining sobiq klubi "Sporting"dan haftasiga 200 ming funt maosh oladigan yosh yigit Geovani Kendani olib kelishni o‘ylab ko‘rgan, ammo bu transfer keyingi yozgacha kutishi kerak.