Klopp Antonini Salohga o‘rinbosar sifatida ko‘rganini bilarmidingiz?
Antoni "Liverpul" futbolchisiga aylanishi mumkin edi.
The Times nashrining yozishicha, 2022 yilning o‘rtalarida "Liverpul" Muhammad Saloh bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganida, Yurgen Klopp kerak bo‘lsa, braziliyalik vinger misrlik futbolchining o‘rnini bosishi mumkinligiga ishongan.
O‘shanda "Ayaks"da o‘ynagan Antoni ehtimoliy variantlardan biri sifatida ko‘rilgandi.
Yakunda braziliyalik futbolchini "Manchester Yunayted" sotib oldi va "Liverpul" Saloh bilan kelishuvga erishdi.
Joriy mavsumda Antoni Premyer-ligada 2 ta o‘yin o‘tkazdi va gol urmadi, Saloh 11 o‘yinda 8 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.