Rafinya top-ligada 10dan ortiq gol urgan va 10dan ortiq golli uzatma bergan birinchi futbolchi
"Barselona"ning hujumkor yarim himoyachisi Rafinya Yevropaning top-ligalarida joriy mavsumda gol va assistentlik ko‘rsatkichiga erishgan birinchi futbolchiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
"Rafinya - Yevropaning top-ligalarida gol (12) va golli uzatma (10) bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichga erishgan birinchi futbolchi", - deb yozadi "ko‘k-anorranglilar" ijtimoiy tarmoqda.
Avvalroq, Rafinya yana bir yutug‘ini qayd etgan edi. "Barselona" vingeri yevrokuboklar tarixida "Bavariya"ga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etgan besh futbolchidan biriga aylandi. O‘shanda "Barselona" UYEFA Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi 3-tur uchrashuvida myunxenliklarni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.