Benjamin Mendi "Manchester Siti"ga qarshi suddagi g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi
"Manchester Siti"ning sobiq futbolchisi, hozirda Fransiya 2-ligasida "Loryan"da o‘ynayotgan Benjamen Mendi sobiq jamoasiga qarshi 8,5 million funt sterling to‘laganidan keyin birinchi marta o‘z fikrlarini bildirdi.
"Maoshimni uch yil kutishim kerak edi va men bu qarordan xursandman va chin dildan umid qilamanki, klub endi sharafli ishni qiladi va to‘lanishi kerak bo‘lgan summani, shuningdek shartnomada menga va’da qilingan summalarni kechiktirmasdan to‘laydi. Men nihoyat hayotimning bu qiyin qismini yakunlay olaman", - dedi Mendi ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli Mendi o‘z uyida bir ayolni zo‘rlagan va boshqa ayolni zo‘rlashga uringanlikda ayblangan edi. 2023 yil iyul oyida u ushbu ayblovlardan oqlandi va "Manchester Siti"ga qarshi da’vo arizasi bilan chiqdi. 6 noyabr, chorshanba kuni futbolchi o‘zining sobiq klubiga qarshi sudda g‘alaba qozongani ma’lum bo‘ldi.