Ben Yedder jiddiy jazoga duch kelishi mumkin
Prokuratura Vissam Ben Yedder uchun qamoq jazosini talab qildi.
"Monako"ning sobiq hujumchisi jinsiy zo‘ravonlikda ayblanib, Nissadagi sudga keldi. Uni ayblayotgan qiz sud zalida Vissamni ko‘rib yig‘lay boshladi, deb yozadi RMC Sport.
Prokuror futbolchini ikki yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum qilishni, jumladan, 18 oylik sinov muddatini ham talab qildi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil avgust oyida Ben Yedder allaqachon "zo‘rlashga urinish va jinsiy tajovuz"da ayblangan edi. Keyin u darhol 900 ming yevro miqdorida garov evaziga ozod qilingan.