"Monako"ning sobiq forvardi qamoqqa hukm qilindi
Vissam Ben Yedder jinsiy tajovuzda ayblanib, shartli qamoq jazosiga hukm qilindi.
"Monako"ning sobiq hujumchisi mast holda mashinada jinsiy zo‘ravonlik qilganlikda ayblanib, Nissadagi sudga keldi. Prokuror 34 yoshli futbolchini ikki yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum qilishni, jumladan 18 oylik sinov muddatini ham talab qildi.
RMC Sport xabariga ko‘ra, sud Ben Yedderni barcha moddalar bo‘yicha aybdor deb topdi va futbolchini ikki yillik shartli qamoq jazosiga hukm qildi.
"Monako"ning sobiq forvardi shuningdek, jabrlanuvchiga ma’naviy zarar yetkazgani uchun 5000 yevro tovon puli va 1500 yevrolik sud xarajatlarini o‘z bo‘yniga oldi.
Polisiya buyrug‘iga bo‘ysunmagani uchun Ben Yedder 6 oyga mashina haydash huquqidan mahrum qilindi va 5000 yevro jarimaga tortildi.