Gallaxer: "Bellingem va Jons bilan yarim himoyada o‘ynash menga zavq bag‘ishladi"
Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Konor Gallaxer Jud Bellingem va Kyortis Jons bilan o‘yin haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Atletiko" yarim himoyachisi Gresiyaga qarshi Millatlar ligasi o‘yinida "uch sherlar" yarim himoyasida "Real" va "Liverpul" vakillari bilan trio hosil qildi. Uchrashuv britaniyaliklarning yirik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi – 3:0.
"Bellingem va Jons eng yaxshi o‘yinchilar va ular bilan yarim himoyada o‘ynash menga zavq bag‘ishladi. To‘p bilan ham, to‘psiz ham yaxshi o‘zaro harakat qilganimizni his qildim. Ajoyib ijro", - dedi Gallax BBC bilan suhbatda.
Yakshanba kuni Angliya terma jamoasi o‘z uyida Irlandiya termasini qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 22:00da boshlanadi.