"PSJ" himoyachisi bilan shartnomani uzaytiradi
"PSJ" himoyachisi Nunu Mendesh klub bilan yangi shartnoma imzolamoqchi.
Bu haqda nufuzli insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda. Manba bergan xabarga ko‘ra, 22 yoshli portugaliyalik futbolchi Ruben Amorim jamoasiga qo‘shilishi mumkin.
Biroq turli mish-mishlarga qaramay, jamoani tark etish haqida o‘ylamagan. Mendesh "PSJ"da 2022 yildan buyon o‘ynab kelmoqda.
Joriy mavsumda u o‘nta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.