Gvardiola De Bryuynening "Manchester Siti"da qolish-qolmasligini bilmaydi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Kevin De Bryuynening kelajagi haqidagi savolga javob berdi.
33 yoshli belgiyalik futbolchining shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi. Jurnalistlar ispan bosh murabbiyidan klub yarim himoyachi bilan muzokaralarda muvaffaqiyatga erishdimi yoki yo‘qligini so‘rashdi, ammo aniq javob yo‘q: "Bilmayman", - deya Gvardiolaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.
Kevin De Bryuyne "Siti"da 2015 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda u oltita o‘yinda bitta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.