Gvardiola Kevin De Bryunening tiklanish jarayoni qanday kechayotganini aytdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yarim himoyachi va klub sardori Kevin De Bryuynening tiklanishi bilan bog‘liq yangiliklar bilan o‘rtoqlashdi.
"Uning ahvoli yaxshilanyapti. So‘nggi ikki-uch kun ichida shifokor menga og‘riq bilan kurashish borasida oldinga bir qadam qo‘yganini aytdi" - deya Gvardiolaning so‘zlarini keltirmoqda The Guardian.
Eslatib o‘tamiz, De Bryuyne APL 1-turining "Byornli"ga qarshi uchrashuvining 23-daqiqasida jarohati tufayli almashtirilgan edi, avvalroq "Man City" yarim himoyachisi to‘rt oyni o‘tkazib yuborishi mumkinligi xabar qilingandi.