"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yarim himoyachi va klub sardori Kevin De Bryuynening tiklanishi bilan bog‘liq yangiliklar bilan o‘rtoqlashdi.
"Uning ahvoli yaxshilanyapti. So‘nggi ikki-uch kun ichida shifokor menga og‘riq bilan kurashish borasida oldinga bir qadam qo‘yganini aytdi" - deya Gvardiolaning so‘zlarini keltirmoqda The Guardian.
Eslatib o‘tamiz, De Bryuyne APL 1-turining "Byornli"ga qarshi uchrashuvining 23-daqiqasida jarohati tufayli almashtirilgan edi, avvalroq "Man City" yarim himoyachisi to‘rt oyni o‘tkazib yuborishi mumkinligi xabar qilingandi.