Rodri: "Gvardiola ketsa ham men shu yerda qolaman"
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri bosh murabbiy Pep Gvardiolaning ketishi uning kelajagiga qanday ta’sir qilishi mumkinligini aytdi.
Gvardiolaning "Manchester Siti" bilan shartnomasi mavsum oxirida tugaydi, ya’ni hozirda jarohat olgan Rodri Xosep qo‘l ostida so‘nggi o‘yinini o‘tkazgan bo‘lishi mumkin.
Ammo Gvardiola ketsa ham, bu Rodri ham sumkalarini yig‘a boshlaydi degani emas.
"Siz eng zo‘rlar bilan o‘ralgan bo‘lishni xohlaysiz. Pepgacha ham shunday bo‘lgan va keyin ham shunday bo‘ladi. U ketganidan keyin hammasi o‘zgaradi, ammo "Manchester Siti" "Manchester Siti"ligicha qoladi.
Men hozirda yashashni yaxshi ko‘raman va mening klubim bilan shartnomam bor va men bu yerda juda baxtliman.
Eshiklarni yopish yoki ochish mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Menda hali ham Ispaniya chempionatiga ishtiyoq bor, ammo Angliya ligasi o‘zgacha. Men o‘zimni juda qulay his qiladigan klubdaman. Ketish haqida ko‘p o‘ylashim kerak", - dedi Rodri.