Rodri: «Manchester Siti» bilan yangi shartnoma imzolash hozir ustuvor vazifam emas»
«Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri Ernandes klub bilan shartnomasini uzaytirishi mumkinligini aytdi.
«Biz hatto yangi bitim haqida gap boshlamagan edik. «Manchester Siti» bilan shartnomamni uzaytirish hozir mening ustuvor vazifam emas. Men iloji boricha yaxshiroq tiklanishni xohlayman, bu mening maqsadim, keyin ko‘ramiz», - deya Rodrining so‘zlarini iqtibos keltiradi italiyalik sport jurnalisti Fabrisio Romano.