Fransiya futbol federasiyasi prezidenti: «U imkon qadar tezroq qaytishini istayman»
Fransiya futbol federasiyasi prezidenti Filipp Diallo «Real» hujumchisi Kilian Mbappening milliy terma jamoaga qaytishi haqida fikr bildirdi.
«Mening Mbappening terma jamoadagi ishtirokiga shubham yo‘q. Mening yagona istagim - u imkon qadar tezroq qaytishi», - dedi Diallo.
Avvalroq Mbappe noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Millatlar ligasi o‘yinlariga Fransiya terma jamoasi qaydnomasidan joy olmagani ma’lum bo‘lgandi.