"Inter" o‘z himoyachisi bilan shartnomani uzaytiradi
"Inter" va Niderlandiya terma jamoasi himoyachisi Denzel Dyumfris klubi bilan shartnomasini uzaytiradi.
Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, yangi kelishuv 2028 yilning iyunigacha amal qiladi. Tomonlar bir necha oy oldin kelishib oldilar, faqat rasmiy e’lon qoldi.
Joriy mavsumda 28 yoshli niderlandiyalik futbolchi “Inter” safida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Dyumfrisning "Inter" bilan amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga yetadi va uning transfer narxi 20 million yevroga baholanmoqda.