Arteta Uaytning qachon maydonga qaytishini aytdi
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta himoyachi Ben Uaytning ahvoli haqida fikr bildirdi. Xabaringiz bor, futbolchi yaqinda operasiya qilindi.
"Afsuski, oxirgi haftalarda uning ahvoli yaxshilanmadi. Biz Benni qo‘lidan kelganicha harakat qiladigan odam sifatida bilamiz, ammo operasiya qilish qaroriga kelgan. Ben bunga rozi bo‘ldi. Shubhasiz, u bir necha oyni o‘tkazib yuboradi", dedi Arteta juma kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
"Arsenal" shanba kuni Angliya Premyer-ligasi doirasida "Nottingem Forest"ga qarshi uy uchrashuvini o‘tkazadi.