Arteta: "Xaversning jarohatini tikish kerak edi"
Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Kay Xaversning ahvoli haqida ma’lumot berdi. "Kanonirlar" hujumchisi Chempionlar ligasi o‘yinida "Inter" himoyachisi Yann Bissek bilan to‘qnashib ketganidan keyin boshi qonga botib maydonni tark etdi.
“Kayning katta yarasi bor. Biz uni almashtirishga majbur bo‘ldik, shunda uning jarohatini tikish kerak edi. Umid qilamanki, u dam olish kunlarigacha yaxshi bo‘ladi", dedi Arteta.
"Arsenal" "Inter"ga minimal hisobda yutqazdi.