Levandovski dubldan so‘ng nimalar dedi?
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski "Srvena Zvezda" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (5:2) jurnalistlarning savollariga javob berdi.
"Biz o‘yindan mamnunmiz. Tanaffusgacha ko‘proq gol urmoqchi bo‘ldik, lekin birinchi taymda biroz sustkashlik qildik. Keyinchalik biz o‘z imkoniyatlarimizdan foydalanishga muvaffaq bo‘ldik. Men jamoa va o‘z o‘yinimdan mamnunman", - dedi Levandovski o‘yindan keyingi intervyusida.