Arteta: "O‘z futbolchilarim bilan faxrlanaman"
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Chempionlar ligasi 4-turidan o‘rin olgan "Inter"ga qarshi uchrashuv (0:1) haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Men o‘z o‘yinchilarim, o‘ynagan o‘yinimiz va ustunlik darajasi bilan faxrlanaman. Ko‘p vaziyatlar va yaratilgan imkoniyatlar bilan biz kamida bir nechta gol urishimiz kerak edi va bu bizning aybimiz. Lekin jamoaviy o‘ynaganimiz, energiya darajasi, sifatimiz, maydonga kirish usulimiz a’lo darajada bo‘ldi. Yevropaning eng yaxshi jamoalaridan biri bo‘lgan jamoadan ustun kelgan o‘yinchilarim bilan juda faxrlanaman", - dedi Arteta UYEFA rasmiy saytiga.