Arteta: "Edegor jamoa bilan birga bo‘lishni xohladi"
Yevropa chempionlari ligasining guruh bosqichi 4-tur uchrashuvi doirasida "Inter" o‘z maydonida "Arsenal"ni qabul qiladi.
Ushbu uchrashuvdan oldin o‘tkazilgan matbuot anjumanida "Arsenal" ustozi Mikel Arteta ishtirok etdi.
"Edegor mashg‘ulotlarni qayta boshlagani yaxshi. Bugun u mashg‘ulotni boshidan oxirigacha ishladi. U o‘zini yaxshi his qildi va jamoa bilan birga bo‘lishni xohladi. Bugun uning ushbu o‘yindagi ishtiroki bo‘yicha qaror qabul qilamiz" - dedi Arteta UYEFA rasmiy saytiga
Ushbu bellashuv bugun soat 01:00da boshlanadi.