Dovbik "Roma"ni tark etishni o‘ylamoqda
"Roma"ning ukrainalik hujumchisi Artyom Dovbik mavsum yakunida "Roma"ni tark etishi mumkin.
Bu haqda Il Romanista xabar bermoqda.
27 yoshli ukrainalik futbolchi Chempionlar ligasida ishtirok etish niyatida. Shu sababli, agar u va klub yevrokuboklarga kira olmasa, keyingi yozda Artyom klubini o‘zgartirishi ehtimoli yuqori.
Hujumchi uchun ehtimoliy da’vogarlar orasida "Yuventus", "Milan" va "Chelsi" bor. Futbolchiga Ispaniya La ligasi klublari ham qiziqish bildirmoqda.