"Inter" prezidenti Chempionlar ligasini qimmatli mashg‘ulot maydoni deb atadi
Milanning "Inter" klubi prezidenti Juzeppe Marotta Chempionlar ligasini zaxira futbolchilari uchun qimmatli mashg‘ulot maydoni deb ta’rifladi.
Uning so‘zlaridan Sky Sport Italia iqtibos keltirmoqda.
"Chempionlar ligasi eng muhim musobaqa, lekin ayni paytda eng yaxshi raqiblarga qarshi qimmatli mashg‘ulot maydoni vazifasini o‘taydi. Bu bizning mentalitetimizni va o‘yinlarga yondashuvimizni tarbiyalashga yordam beradi, biz buni faqat tajriba va vaqt orqali qo‘lga kiritishimiz mumkin", - dedi "Inter" prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, “Inter” Chempionlar ligasi asosiy bosqichining 4-turida Londonning “Arsenal” klubini Xoqon Chalxano‘g‘li tomonidan kiritilgan penalti evaziga mag‘lub etdi.