Indzagi: "Inter" ikkinchi bo‘limda ustunlik qildi"
“Inter” A Seriyaning 12-turi doirasida o‘z maydonida “Napoli” bilan ochko bo‘lishib oldi (1:1). Yarim himoyachi Xoqon Chalxanoglu 72-daqiqada penaltidan foydalana olmadi.
"Men jamoani bunday o‘yin uchun tabrikladim, agar kimdir g‘alaba qozonishi kerak bo‘lsa, bu "Inter" edi. Ikkinchi bo‘limda ustunlik qildik.
"Arsenal"ga qarshi Chempionlar ligasi o‘yinida qilgan barcha harakatlarimizdan keyin, sarflagan kuchimizdan so‘ng, men bunchalik yaxshi bo‘lishimizni kutmagandim.
Men odatda zaxira o‘rindig‘idan ko‘proq foydalanardim, lekin biz shu qadar yaxshi holatda edikki, qilayotgan ishimizga xalaqit berishni xohlamadim", deydi murabbiy.